вторник, 18 марта 2014 г.

Holi – bahor bayrami

          Nafaqat Hindistonda, balki dunyoning boshqa ko’plab shaharlarida nishonlanadigan Holi bayrami o’zining rang-barangligi bilan mashhurdir. Ikki-uch kun davom etadigan bu bayram afsonaviy tarixga ega bo’lib, unda Holika ismli yovuz ma’buda olovda kuyib halok bo’ladi va o’sha kunning o’zida Vishnu tangrisi Holikaning akasi Hiranyakashipu ismli, o’zini butun olam tangrisi deb atagan va barchani o’ziga ibodat qilishini istagan xudoni o’ldiradi. Oqibat, yovuzlik ustidan g’alaba qozonilgan, Holika esa yondirilgan kun keyinchalik “Holi” nomi bilan nishonlana boshlangan.

 


             Holi Hinduizmning muhim bayramlaridan biri bo’lib, u qish faslining ohiri, bahorning ilk kunlarida nishonlanadi. U hindu kalendaridagi Palguna oyi (fevral/mart)ning oy to’lgan kechasiga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham bu bayram bahor va yangilanish, sevgi va muhabbat ramzi hamdir. Holida odamlar bir-birlariga turli bo’yoq kukunlar, rangli suvlar sepishadi. Boshlariga tuxum chaqishadi.  Bo’yoq to’ldirilgan sharlar otiladi. Ko’cha-ko’yda, maktab va kollejlarda va hatto tashkilotlarda ham bayram shodiyonalarini ko’rish mumkin. Skuter yoki mototsiklingizni haydab ko’chadan borar ekansiz, yo’lda yuzlari va sochlaridan tortib butun kiyimlarigacha rang sepilgan ko’plab odamlarni uchratishingiz mumkin. Har holda yoningizda eskiroq qo’shimcha kiyim olib yurish ham zarar qilmaydi. 

              Shu o’rinda birinchi bosqichda o’qiyotgan davrimdagi Holi haqida yozmasam bo’lmaydi! O’shanda institutdan talofatsiz uyga qaytgan edik. Chet ellik bo’lganimiz uchun bo’lsa kerak, kursdoshlarga bizga rag sepmasligi haqida ogohlantirishimizdan so’ng bunga jur’at etishmadi. Kechga yaqin uyda ikkita o’zbek gaplashib o’tirgandik. Birdan tashqaridan qozog’istonlik talabaning bizni chaqirayotgan tanish ovozi eshitildi. Ozov biroz vahimali bo’lgani uchun Elyoraka yugurib tashqariga otildi. Chiqdiyuuu bir gala qozoqlar tomonidan “o’qqa tutildi”! Buni ko’rib darhol eshikni ichkaridan yopib oldim. Bota ismli qozoq qiz derazamni ochib ichkariga rangga to’la qo’lini cho’zdi va chiqmasam uyning ichiga sepib yuborishini aytdi. Nailoj, chiqishga majbur bo’ldim. Muhimi – tayyorlanib chiqdim! Yuvishga oson bo’lsin deb kalta shortik va maykada chiqdim 😎 Chiqishim bilan men ham turli rangdagi bo’yoqlardan ‘bahramand bo’ldim’. Ranglarni biz bilan ham baham ko’rishdi, chunki ularga ham kimdir sepishi kerakku! Xullas, rosa odam ustida rassomchilikdan bir-birimizga master klass o’tadik 😃 Ular ketishi bilan uy egasi chiqib, qo’limga supurgi va bir chelak suv berib kirib ketdi… Ana shunaqa gaplaaar…

          Holini hindlar qanday nishonlashi haqida esa quyidagi rasmlardan ta’surotga ega bo’lishingiz mumkin!



Rabindra Bharat Universiteti talabalari

Kalkuttalik qo'shnilar bir-birini bayram bilan tabriklashmoqda


Photos have been taken from www.telegraph.co.uk

Комментариев нет:

Отправить комментарий