Hindiston musulmon aholisi soni bo’yicha jahonda Indoneziya
va Pokistondan keyingi uchinchi eng yirik davlatdir. Lekin bir vaqtning o’zida,
hind musulmonlar mamlakat aholisiga nisbatan dunyodagi eng ozchilik jamiyatdir. Ammo
ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Hindistonning muslim aholisi Pokistonnikiga nisbatan
ko’proq deyiladi. Butun aholining 15% qismi, ya’ni 177 milliondan ortiq nafari
musulmonlarni tashkil etadi. Bu ko’rsatgich so’nggi o’n yil ichida 40 millionga
oshgan. The Economist saytining xabar berishicha, Hindiston musulmonlari soni
keyingi 20 yil ichida 236 millionga yetadi va bu ko’rsatgich dunyoning eng
yirik musulmon aholisiga ega bo’lgan davlat - Indoneziya bilan raqobatlasha
oladi.
Hindistonga ilk bor Islom dini VII asrning o’zidayoq arab
savdogarlari orqali kirib kelgan. Keyinchalik XII asrda turklar orqali keng
yoyilgan bo’lsa, XVI asrda Boburiylar sabab Islom yanada chuqurroq rivoj
topgan.
Musulmon aholi Hindistonning asosan shimol va
shimoliy-sharqiy hamda janubiy-g’arbiy qismlarida eng zich yoyilgan (o’rtacha
20% dan 30% gacha va ba’zi hududlarda 80% ortiq) va qolgan barcha hududlarda
10% gacha aholini tashkil qiladi.
Shimoldan janubga qarab musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy
qatlamida o’sishni kuzatish mumkin. Shimolda muslim aholining umumiy yashash
darajasi o’rtacha daromadga ega oilalardan past. O’tgan o’n yilliklarga
nisbatan mamlakatda musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy yashash standartlarida
o’sish kuzatiladi. Lekin shunga qaramay, umumiy muslim aholining katta qismini
kambag’allar tashkil qiladi. Agar qo’shni Pokiston musulmonlarining umumiy
yashash darajasi bilan Hindiston musulmonlarini solishtiradigan bo’lsak, ohirgi
ma’lumotlarga ko’ra, Hindistonda yaxshiroq yashashadi.
Ramazon hayiti. Agra |
Hozirgi kunda musulmon vakillaridan Hindistonning yuqori
davlat amaldorlariga Hamid Ansari (Vitse Prezident) va S.Y. Quraishi (Markaziy Saylov Komissiyasi
raisi)larni misol keltirish mumkin. Ayni damda hukumatda muslim vazirlar, kabinet
kotiblari, deputatlar (parlamentda) va siyosatchilar faoliyat yuritishmoqda.
Musulmonlarning sport, ilm-fan, texnika rivojidagi o’rni ham
sezilarli darajada ortib bormoqda.
Shuni albatta aytib o’tish kerakki, Hindistonning yirik
daromad manbalaridan biri bo’lgan film sanoatida ham muslimlarning o’rni
beqiyos. Hammamizga ma’lum Bollywood yulduzlari Shohruhxon, Salmon Xon, Amir
Xon, Saif Ali Xon va Imran Hashmilar shular jumlasidandir.
Shuningdek, iqtisodiy faoliyati bilan mamlakat rivojiga
ulkan hissa qo’shayotgan musulmonlar ozmuncha emas. Ulardan eng mashhurlaridan
biri Azim Premji bo’lib, Hindistonning uchinchi eng yirik IT Kompaniyasida CEO
(Chief Executive Officer) vazifasida ishlaydi. U mamlakatning 5-eng boy shaxsi
bo’lib, uning boyligi $17,1 mlrd ni tashkil etadi.
Musulmonlarning dinga munosabati:
Musulmonlar mamlakatda hindulardan keyingi ikkinchi yirik
qatlam bo’lib, aholi orasida Islom va hind madaniyati qorishib ketgan. Shahar
va qishloqlardagi yuzlab hinduizm ibodatxonalari qatori masjidlarni ham tez-tez
uchratish mumkin. Hindiston dunyoda masjidlar soni bo’yicha eng yirik mamlakat bo’lib, ular soni 300 mingdan ortiqni tashkil etadi. Uzoqqa bormayman, mana shu men
yashayotgan Maysur shahrining (Toshkentdan salkam 3 barobar kichik) o’zida 165
dan ortiq ro’yhatdan o’tgan, markazga bo’ysunuvchi masjidlar faoliyat yuritadi. Agar namoz
vaqtida asosan muslimlar yashovchi hududlarga o’tib qolsangiz, atrofdan
kelayotgan o’nlab azon tovushlari bilan zavqlanishingiz mumkin!
Hayit namozi. Juma masjid, Dehli |
Hindistonda musulmonlarning asosiy qismini sunniylar tashkil
etadi. Ulardan Hanafiy mazhabidagilar eng ko’pchilikdir (Delhi, Karnataka,
Jammu Kashmir, Maharashtra, Haydarobod, Uttar Pradesh, Kashmir va G’arbiy
Bengal). Kerala shtati va Lakshadvipda asosan shofiylar yashasa, Gujarot
shtatida musulmonlarning asosiy qismi Imom Molik r.a ergashuvchilaridir.
Shialarning ulushi musulmonlarning taxminan 10-15% qismiga
to’g’ri keladi.
Mamlakatda musulmonlarning ko’p qismi sunnat va boshqa
amallarga qat’iy rioya etadilar (Practicing muslims). Shuning uchun, ko’p
hollarda odamlar orasidan musulmonlarni ajratib olish qiyin emas: yo sunnat
libosda, yo soqol qo’ygan va yo do’ppi kiyib yurgan bo’lishadi.
Hindistonda ko’plab Islomiy o’quv yurtlar: universitetlar,
institutlar, maktab va madrasalar mavjud. Ulardan eng yiriklari butun olamga
mashhur ikki Dorul Ulum: “Dorul Ulum Deoband” va “Dorul Ulum Nadvatul Ulama”lar
asosan diniy olimlar, qori va ulamolar tayyorlasa, Aliah Universiteti
(Kalkota). Aligarh Muslim Universiteti (Aligarh), Darul Huda Islom Universiteti
(Kerala), Jamiya Milliya Islamiya Universiteti va boshqa bir qancha oily o’quv
yurtlari dunyoviy ilm sohalaridan dars berishda ham yetakchi o’quv dargohlaridan
hisoblanadi.
Davr-On-Blog: Hindiston Musulmonlari >>>>> Download Now
ОтветитьУдалить>>>>> Download Full
Davr-On-Blog: Hindiston Musulmonlari >>>>> Download LINK
>>>>> Download Now
Davr-On-Blog: Hindiston Musulmonlari >>>>> Download Full
>>>>> Download LINK
Historical Places.
ОтветитьУдалитьCareUeyes Crack