Ijtimoiy-siyosiy:
Karnataka shtatining bayrog'i |
Hindistonning har bir shtati o’zining ramzlari: bayroq, gerb
va madhiyasiga ega. Odatda rasmiy yig’ilishlar va tadbirlar shtat madhiyasi
bilan boshlanib, davlat madhiyasi bilan tamomlanadi, yoki aksincha.
Hindistonning til xaritasi |
Mamlakatda minglab mahalliy tillar bo’lib, har bir shtat o’zining
rasmiy tiliga ega. Hindiston konstitutsiyasining 343(1)-moddasiga ko’ra,
umumiy rasmiy tillar standart hind tili va ingliz tillaridir. Lekin ushbu
qonunning 344(1) va 351-moddalariga ko’ra boshqa shtat va unionlarning rasmiy
tillari ham davlat tillari sifatida qabul qilingan. Demak, Hindistonda jami 23
ta, ingliz va 22 ta mahalliy tillar davlatning rasmiy tillari hisoblanadi.
Hind banknotalari |
Hindiston fuqarolik pasporti |
Davlatda fuqarolik pasportini olish majburiy emas. Odatda
horijga chiquvchilar yoki rasmiy hodimlar passport olish uchun hujjat
topshiradilar xolos. Aytishlaricha, passport olish ham oson ish emas!
Fuqarolikni tasdiqlashda turli xil hujjatlar mavjud. Masalan, maktab va kollej (universitet)
talabalarining guvohnomalari ularning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir. Bank
hisob raqamlarini ham shular orqali ochsa bo’ladi. Telefon nomer olishda va
boshqa hujjat talab qilinadigan joylarda haydovchilik guvohnomasi bilan ham ishni
bitkazsa bo’ladi.
Turli milliy-diniy festivallar |
Hindistonda hozirgacha kastachilik saqlanib qolgan. Davlat konstitutsiyasida
fuqarolar millati, irqi, dini, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi va kastasiga
qaramay ularning teng huquqliligi belgilangan. Lekin haligacha ko’plab hujjat
va anketalarda shaxsning kastasi va dini ko’rsatiladi.
Bu mamlakat bayramlarga boy bo’lib milliy va rasmiy bayramlardan
tashqari ko’plab diniy festivallar ham dam olish kuni sifatida begilangan. Bunga asosiy sabab aholi tarkibida hindulardan tashqari muslim, xristian va buddistlarning ham soni millionlarni tashkil etishidir. (Bular haqida nasib qilsa keyingi postlardan birida to’liq ma’lumot beraman)
ma'lumot uchun rahmat
ОтветитьУдалить