Nafaqat
Hindistonda, balki dunyoning boshqa ko’plab shaharlarida nishonlanadigan Holi
bayrami o’zining rang-barangligi bilan mashhurdir. Ikki-uch kun davom etadigan
bu bayram afsonaviy tarixga ega bo’lib, unda Holika ismli yovuz ma’buda olovda
kuyib halok bo’ladi va o’sha kunning o’zida Vishnu tangrisi Holikaning akasi
Hiranyakashipu ismli, o’zini butun olam tangrisi deb atagan va barchani o’ziga
ibodat qilishini istagan xudoni o’ldiradi. Oqibat, yovuzlik ustidan g’alaba
qozonilgan, Holika esa yondirilgan kun keyinchalik “Holi” nomi bilan nishonlana
boshlangan.
Holi
Hinduizmning muhim bayramlaridan biri bo’lib, u qish faslining ohiri, bahorning
ilk kunlarida nishonlanadi. U hindu kalendaridagi Palguna oyi (fevral/mart)ning
oy to’lgan kechasiga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham bu bayram bahor va
yangilanish, sevgi va muhabbat ramzi hamdir. Holida odamlar bir-birlariga turli
bo’yoq kukunlar, rangli suvlar sepishadi. Boshlariga tuxum chaqishadi. Bo’yoq to’ldirilgan sharlar otiladi. Ko’cha-ko’yda,
maktab va kollejlarda va hatto tashkilotlarda ham bayram shodiyonalarini ko’rish
mumkin. Skuter yoki mototsiklingizni haydab ko’chadan borar ekansiz, yo’lda
yuzlari va sochlaridan tortib butun kiyimlarigacha rang sepilgan ko’plab
odamlarni uchratishingiz mumkin. Har holda yoningizda eskiroq qo’shimcha kiyim
olib yurish ham zarar qilmaydi.
Shu o’rinda
birinchi bosqichda o’qiyotgan davrimdagi Holi haqida yozmasam bo’lmaydi! O’shanda
institutdan talofatsiz uyga qaytgan edik. Chet ellik bo’lganimiz uchun bo’lsa
kerak, kursdoshlarga bizga rag sepmasligi haqida ogohlantirishimizdan so’ng
bunga jur’at etishmadi. Kechga yaqin uyda ikkita o’zbek gaplashib o’tirgandik.
Birdan tashqaridan qozog’istonlik talabaning bizni chaqirayotgan tanish ovozi
eshitildi. Ozov biroz vahimali bo’lgani uchun Elyoraka yugurib tashqariga
otildi. Chiqdiyuuu bir gala qozoqlar tomonidan “o’qqa tutildi”! Buni ko’rib
darhol eshikni ichkaridan yopib oldim. Bota ismli qozoq qiz derazamni ochib
ichkariga rangga to’la qo’lini cho’zdi va chiqmasam uyning ichiga sepib
yuborishini aytdi. Nailoj, chiqishga majbur bo’ldim. Muhimi – tayyorlanib chiqdim!
Yuvishga oson bo’lsin deb kalta shortik va maykada chiqdim 😎 Chiqishim bilan men ham turli
rangdagi bo’yoqlardan ‘bahramand bo’ldim’. Ranglarni biz bilan ham baham ko’rishdi,
chunki ularga ham kimdir sepishi kerakku! Xullas, rosa odam ustida
rassomchilikdan bir-birimizga master klass o’tadik 😃 Ular ketishi bilan uy egasi chiqib,
qo’limga supurgi va bir chelak suv berib kirib ketdi… Ana shunaqa gaplaaar…
Rabindra Bharat Universiteti talabalari |
Kalkuttalik qo'shnilar bir-birini bayram bilan tabriklashmoqda |
Photos have been taken from www.telegraph.co.uk
Комментариев нет:
Отправить комментарий