Hindiston dunyoda eng ko’p bayramlar va festivallar nishonlanadigan
davlatlardan biridir. Milliy va davlat bayramlaridan tashqari o’nlab diniy marosimlar
shtatlardagi aholining etnik qatlami va diniy e'tiqodiga ko’ra turlicha
nishonlanadi. Shunday bayramlar borki, ular ayni bir shtatdagina o’tkazilib,
boshqalarida nishonlanmaydi. Hindularning asosiy festivallari bilan bir qatorda
musulmonlarning Qurbon va Ramazon hayitlari, xristianlarning Rojdestvosi ham butun mamlakatda umumxalq
dam olish kuni sifatida e’lon qilinadi. Bayramlar rang-barang bo’lib, hammasi o’ziga
xos usulda nishonlanadi. Hinduizm bayramlaridan misol qilib eng yiriklari – Divali, Holy, Ganesha kabilarni keltirish mumkin. Hozirgi sizlarga ta’riflab
bermoqchi bo’lganim ham hinduizmdagi noyob bir festival bo’lgan Kumb Meladir.
Kumb Mela har 12 yilda bir marotaba Hindistonning Allahabad shahridagi Ganga va
Yamuna daryolarining bir-biriga juda yaqin kelgan (qo’shilgan) joyida, daryo bo’yida
nishonlanadi. Hind afsonalariga ko’ra, xudolar va yovuz kuchlar qandaydir ezgulik
nektari uchun urushganida Allahabad, Nasik, Ujjain va Haridvar shaharlariga undan
tomchilar tushgan va shuning uchun ham festival ayni shu shaharlarda o’tkazilar
ekan. Unda qatnashuvchilar yalang’och holatda yurishadi va daryoda cho’milishadi.
E’tiqodga ko’ra, bu yuvinish orqali ular gunohlaridan forig’ bo’ladilar va o’zlarini
ruhan poklashadi.
Ziyoratchilar o'zlarini "poklamoqdalar" |
Ushbu diniy marosim sayyoramizdagi eng ko’p inson zoti bir
joyga yig’iladigan hodisa bo’lib, umumiy hisobda 100 milliondan oshiq
ziyoratchi ishtirok etadi. 2001-yilda o’tkazilgan
festivalda asosiy cho’milish marosimida 40 milliondan ortiq hindular ishtirok
etgan va o’shaning o’zidayoq shu vaqtgacha bo’lgan eng ko’p inson to’plangan hodisa
rekordini yangilagan. Bu yilgi Kumb Mela har 144 yilda bir kelib, astrologik
hisob-kitoblarga ko’ra 55 kun davom etadi. U 14-yanvar, dushanba kuni tunda yuz
minglab ziyoratchilar bilan allaqachon boshlangan. Politsiyaning ma’lumotlariga
ko’ra shu kunning o’zida tushga yaqin 7,5 million ishtirokchilar daryoda cho’milganlar.
Allahabad shahri ma’muriyati ushbu marosimga katta
tayyorgarlik ko’radi. Daryo bo’yida vaqtinchalik shaharcha barpo etiladi. Bu
yil ham 243 ta doktori bilan 14 ta shifoxona hamda 40 000 dan ziyod
hojatxonalar ziyoratchilar ixtiyoridadir. Shaharchaga yo’nalgan barcha yo’laklarda
“Kumb Mela”ni xavfsiz o’tishini ta’minlash maqsadida tekshiruv apparatlari bilan
birgalikda 30000 nafar politsiya va xavfsizlik xodimlari ishlab turibdi.
Shaharchada o’n minglab chodirlar tikilgan. Yuzlab kichik
gulxanlardan chiqayotgan tutunni uzoqdan ko’rish mumkin.
Festivalda “Sadu” deb nomlanuvchi avliyolar ziyoratchilarga bezatilgan
fillar, otlar va tuyalarda yurib yo'lboshchilik qilishadi.
Sadhu |
Marosim tashkilotchilariga Kumb Mela 11,5 milliard rupiya
($230 million)ga tushib, Hindiston savdo-sanoat palatalari assotsiatsiyasiga ko’ra bu pul bilan
120 milliard rupiyalik biznesni amalga oshirsa bo’larkan.
Festival 55 kun
davomida milliondan ziyod turistlarni ham o’ziga jalb qiladi.
Ashnaqa gaplar ;)
erkaklari ishtonsiz yuriptimi nima balo
ОтветитьУдалитьShunaqaga o'xshayapti :)Videoda unday emas
Удалитьajoyib, Hindistonga borish istagim yanda kuchaymoqda, sizni maqolalariz tufayli)))
ОтветитьУдалитьhaha, rahmat, keloring, Xoli bayramini mo'ljallab :))
УдалитьMLB!
ОтветитьУдалить