Nafaqat
Hindistonda, balki dunyoning boshqa ko’plab shaharlarida nishonlanadigan Holi
bayrami o’zining rang-barangligi bilan mashhurdir. Ikki-uch kun davom etadigan
bu bayram afsonaviy tarixga ega bo’lib, unda Holika ismli yovuz ma’buda olovda
kuyib halok bo’ladi va o’sha kunning o’zida Vishnu tangrisi Holikaning akasi
Hiranyakashipu ismli, o’zini butun olam tangrisi deb atagan va barchani o’ziga
ibodat qilishini istagan xudoni o’ldiradi. Oqibat, yovuzlik ustidan g’alaba
qozonilgan, Holika esa yondirilgan kun keyinchalik “Holi” nomi bilan nishonlana
boshlangan.
вторник, 18 марта 2014 г.
суббота, 8 марта 2014 г.
Toshkentda tibbiyot shundaymi yoki bu shunchaki tasodif?
O’shanda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
qoshidagi Shayxontohur akademik litseyida ikkinchi kursni endigina boshlagan
edik. Mustaqillik bayramini Toshkentda ko’rish maqsadida Andijondan odatdagidan
ertaroq yo’lga chiqqandim…
Qamchiq dovonining qoq markazida, tog’ bag’rida joylashgan
kafega kirib hamrohlar bilan tushlik qildik: ikkitadan shashlik va likopda
yarimtadan jiz. Qorinning talabini qondirib yana yo’lda davom etdik. Toshkentga
qarindoshlarnikiga kelib joylashdim. Shu kunning o’zidayoq oshqozonda biroz
og’riq tura boshladi. E’tibor bermadim. Ertasiga mustaqillik bayramida bo’ladigan
an’anaviy saylga chiqdim. Ba’zi akaxonlar bilan Milliy bog’ni aylandik. U-bu
narsa yegandek bo’ldik. Kun maroqli o’tdi va kechgi tomon qarindoshlar bilan
Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdik. U yerdan piyoda Amir Tumer hiyoboniga,
keyin esa shu zaylda Shimoliy Vokzalning ortida joylashgan Sarikul ko’chasiga –
uyga qaytdik. Rosa katta charchoq bilan bayramni ham o’tkazdik. Ertasiga
Toshkentning 2200-yillik yubileyi munosabati bilan o’qish kechiktirildi…
Oshqozondagi og’riq unchalik kuchli emasdi, o’tib ketar deb yuraverdim.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)