Hindiston
Axborot Texnologiyalari sanoatida jahonda yetakchi davlatlardan biri
hisoblanadi. Ushbu sanoat Hindiston iqtisodiyotining asosiy qismi bo’lib, uning
rivojida ulkan rol o’ynaydi. Shu yilning 31-mart holatiga ko’ra, mamlakatda IT
savdo hajmi $118 milliardga yetgan. Uning asosiy qismi – $84-87 milliardi esa
exportga to’g’ri keladi.
Axborot
texnologiyalari sohasi Hindistonda qariyb 2,5 milliondan ortiq to’g’ridan-to’g’ri
ish o’rinlarini yaratgan holda, hozirda dunyoning eng yirik IT (Information
Technology) markazlaridandir. Shuningdek, ushbu sohadagi jahonning barcha yirik
kompaniyalari Hindistonda o’zlarining ishlab chiqarish o’rniga ega.