Hindiston dunyoda eng ko’p bayramlar va festivallar nishonlanadigan
davlatlardan biridir. Milliy va davlat bayramlaridan tashqari o’nlab diniy marosimlar
shtatlardagi aholining etnik qatlami va diniy e'tiqodiga ko’ra turlicha
nishonlanadi. Shunday bayramlar borki, ular ayni bir shtatdagina o’tkazilib,
boshqalarida nishonlanmaydi. Hindularning asosiy festivallari bilan bir qatorda
musulmonlarning Qurbon va Ramazon hayitlari, xristianlarning Rojdestvosi ham butun mamlakatda umumxalq
dam olish kuni sifatida e’lon qilinadi. Bayramlar rang-barang bo’lib, hammasi o’ziga
xos usulda nishonlanadi. Hinduizm bayramlaridan misol qilib eng yiriklari – Divali, Holy, Ganesha kabilarni keltirish mumkin. Hozirgi sizlarga ta’riflab
bermoqchi bo’lganim ham hinduizmdagi noyob bir festival bo’lgan Kumb Meladir.