Agar siz
Dubayda oilaviy yashashga qaror qilgan bo'lsangiz va hammasini nimadan
boshlashga va qanday hujjatlar tayyorlashga boshingiz qotgan bo'lsa, ushbu post
biroz bo'lsada sizga yordam beradi degan umiddaman.
Endilikda
oilaviy visa olish oldingiga nisbatan biroz soddaroq va hamma bosqich biror bir
AMER xizmatlari markazida amalga oshirilsa boladi. Odatda imigratsiya idorasiga
borish shart emas, faqatgina ba’zi holatlardan tashqari. Agar sizga yuborilgan
smsda bu haqda aytilgan bo’lsa, ya’ni qaysidir hujjatni qayta yuklash yoki
kiritish talab qilinsagina.
Quyidagi
hujjatlarni olib, o’zingizga eng yaqin AMER
xizmatlari markaziga boring:
- Avvalo
o’z nomingizda uy-joy bo’lishi yoki ijara shartnomasi (EJARI) tuzilgan bo’lishi
kerak; (Agar Dubaydan tashqarida yashasangiz Munitsipal idora tomonidan
tasdiqlangan ijara shartnomasi)
- Nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma O’zbekistonda notarius orqali arab tiliga tarjima qilinib, tasdiqlanib, TIV konsullik boshqarmasi pechati va BAA ning O’zbekistondagi elchixonasidan sticker urilgan bo’lishi kerak. Hamda Dubaydagi BAA TIV dan ham tasdiqlangan sticker olinadi;
Tasdiqlangan Nikoh Shartnomasi |
- Sizning (bundan buyog’iga “sponsor” deyiladi) original pasportingiz va Emirates IDingiz;
- Ayolingiz
va farzandingizning rangli pasport nusxasi;
- Ularning
oq fonda olingan bittadan fotosurati;
- Farzandingiz
uchun uning tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi (xuddi Nikoh guvohnomasi kabi
tasdiqlangan variant);
- Sponsorning
Mehnat shartnomasi (Labour Contract). Ushbu shartnoma www.mohre.gov.ae websaytidan yoki biror Tas’heel
markazlaridan olinishi mumkin;
- Original
Salary Certificate (Free Zone/Semi-Government va Government ishchilari uchun)
- Sponsorning
IBAN raqami
Yuqoridagi
hujjatlar bilan rafiqangiz va farzandingizga ENTRY PERMIT olganingizdan (shaxsiy e-mailingizga yuboriladi) so’ng
ular BAA hududiga 60 kun ichida kirish huquqiga ega bo’lishadi. Yetib
kelganlaridan so’ng, yana 60 kun ichida tibbiy ko’rikdan (Medical Check) o’tishlari,
EMIRATES IDga biometrik ma’lumotlar topshirishlari va VISA ni pasportga
urdirishlari kerak bo’ladi. Medical va
Emirates ID ga biror Typing Centre’da yoki AMER xizmatlar markazida formalarni
to’ldirsa bo’ladi.
Agar siz
sponsorlik qilmoqchi bo’lgan oila a’zolaringiz BAA da Visit, Tourist yoki Bekor
qilingan visa statusida bo’lsa, unda yuqorida aytilgan ENTRY PERMIT uchun to’lov
ancha yuqori bo’ladi va u olinganidan so’ng STATUS CHANGE qilinishi shart va
unga ham alohida to’lov (hozirda AED 640) to’lanadi.
Albatta
yuqorida yozilgan ma’lumotlar hozirgi kun talabi bo’yicha va hamma hujjatlari
joyida shaxslar uchun J
Комментариев нет:
Отправить комментарий