вторник, 10 июня 2014 г.

Infosys'ga tashrif

            
           Hindiston Axborot Texnologiyalari sanoatida jahonda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Ushbu sanoat Hindiston iqtisodiyotining asosiy qismi bo’lib, uning rivojida ulkan rol o’ynaydi. Shu yilning 31-mart holatiga ko’ra, mamlakatda IT savdo hajmi $118 milliardga yetgan. Uning asosiy qismi – $84-87 milliardi esa exportga to’g’ri keladi.
           Axborot texnologiyalari sohasi Hindistonda qariyb 2,5 milliondan ortiq to’g’ridan-to’g’ri ish o’rinlarini yaratgan holda, hozirda dunyoning eng yirik IT (Information Technology) markazlaridandir. Shuningdek, ushbu sohadagi jahonning barcha yirik kompaniyalari Hindistonda o’zlarining ishlab chiqarish o’rniga ega.

Mamlakatdagi 90%ga yaqin IT maxsulotlari exporti Bangalor, Chennay, Kalkotta, Haydarobod, Trivandrum, Noida, Mumbay va Puna shaharlari hissasiga to’g’ri keladi. Bular ichidan Bangalor (Karnataka shtatining ma’muriy markazi) shahri eng yetakchisi hisoblanib, davlatning Silikon Vodiysi sanaladi. Hindistonning eng yirik IT kompaniyalari Tata Consultancy Services, Infosys, Cognizant, Wipro va HCL va boshqalardir. 
Yaqinda Infosys kompaniyasiga qilgan tashrifimizga to’xtalib o’tmoqchiman. 

Infosys
Infosys export hajmi bo’yicha Hindistonning ikkinchi eng yirik IT kompaniyasi bo’lib, uning 2014-yildagi savdo hajmi $8,4 millardni tashkil etdi. Kompaniya 160 mingdan ortiq ishchi-xodimlarga ega. Biz Infosys'ning universitetimiz joylashgan shahar - Maysurdagi filialiga tashrif buyurdik. Kompaniya 138 gektar yerni qamrab olgan bo'lib,  xodimlarning ishlashi va yashashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan: yo'q narsaning o'zi yo'q! :) Unda ishchi korpuslardan tashqari yashash va dam olish uchun ko'p qavatli uylar, restoran va kafelar, turli ko'ngilochar o'yingohlar, multiplex, sport maydonlari, sport zallari, fitnes klub, supermarketlar, suzish havzalari, bowling, billiard, badminton va boshqa barcha qulayliklar muhayyo qilingan. 

Training block
Yuqoridagi rasmda aks topgan bino yangi xodimlarni ishlab chiqarish bo'limi uchun tayyorlaydigan maxsus markaz yoki korporativ universitet hisoblanib, hozirda toifasi bo'yicha jahondagi eng yirik treyning markaz sanaladi. U o'zidagi eng zamonaviy jihozlar bilan yiliga 12000 dan ortiq injinerlarni tayyorlash salohiyatiga ega. 
Multiplex
Multiplex'da teatr, kinoteatr, konferensiya zali va boshqa shu kabi ko'pchilikka mo'ljallangan inshoatlar mavjud.
Velosipedlar
"Shaharchada" minglab velosipedlar xodim va tashrif buyuruvchilar xizmatida.






Software development block
Basketbol maydonchasi
Xullas, qo'ysam rasm ko'p ekan... Infosysda ishlaydiganlarga havas qilib qaytdik :)




2 комментария:

  1. Daxshatku! Hindistonda bunaqa chiroyli kompaniya bor deb o‘ylamagan ekanman.

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Bu hali markaziy kompaniya emas. Bir filiali xolos :) Bunaqa kompaniyalardan judayam ko'pini uchratasiz Hindistonda.

      Удалить