пятница, 9 февраля 2018 г.

Dubay - ikkinchi uy?!


           Bundan bir necha yil oldin:"Dubayda biror yil ishlab kelaman," - deb chamadonni tayyorlab, narsalarni yig'ishtirib yo'lga chiqqaninggiz esingizdami? Dubayga kelib ishga joylashdingiz, do'stlar orttirdingiz. Keyingi yilga qaytarman deb, mana yillarni bir biriga ulab tashladingiz. Qarabsizki, Dubay allaqachon sizning ikkinchi uyingizga aylanib bo'lgan. Quyidagi belgilar buning ayni isboti desam ham bo'laveradi:


1. Siz ishongan ko'plab yaqin do'stlaringiz allaqachon atrofingizda


2. Dubay yo'llarini taksi haydovchilaridan ham yaxshi bilasiz va ba'zan noto'g'ri yo'ldan ketayotganida jahlingiz chiqadi


3. Super Car'lar endi sizni oldingidek ajablantirmaydi


4. Tashqi ko'rinishingizga e'tiboringiz va kiyinish uslubingiz o'zgardi


5. Agar kimdir sizga Dubayga kelganiga ikki yil bolganini aytsa, siz uni haliyam "yangi"dek qabul qila boshladingiz


6. Yozning issig'iga ancha ko'nikdingiz. Vatandagi yoz esa normal holatdek tuyila boshladi


7. Uyingizga yaqin supermarket hodimlari sizni juda yaxshi tanishadi, hatto ular bilan gaplashmasangiz ham


8. BAA ga kelmaganlardan kimdir Dubayni yomonlasa, fikriga qarshi chiqa boshladingiz


9. Shawarmaga to'ydingiz :)


10. Ohirgi marta qachon plyajga borganingiz esingizda yo'q


11. Allaqachon sotib olayotgan narsalaringiz narhini so'mda hisoblamay qo'ygansiz


12. Mehnat ta'tili bilan o'z uyingizga qaytganingizda Dubayni tezda sog'inishni boshladingiz


13. Rasmga tushishni to'xtatdingiz va aksincha, rasmga ola boshladingiz


Xullas, bu ro'yhatni yana davom ettirish mumkin. Kimga qanaqa?!  

1 комментарий: