понедельник, 26 февраля 2018 г.

Chaqiruv

         Pokistonlik er-xotin biz ishlaydigan butikka kirib kelishdi. Ayoliga sumka olmoqchi ekanligini aytishdi. Biroz u yoq, bu yoqni qaraganlaridan so'ng, butikdagi teridan tikilgan sumkalar qolib, oddiy matodan to'qilgan bir Tote'ni yoqtirib qolishgandek tuyildi. Ranggi ham ma'qul keldi. Nimadir bo'ldi-yu, ular fikrini o'zgartirishdi.
Uzoq tanlovdan so'ng eri bir kichikroq o'lchamdagi sumkani ayoliga uzatib:"Mana shuni olamiz, sen nima deysan?" - deb qoldi. Ayoli eriga qarshi chiqib ham o'tirmadi. Rozi bo'la qoldi. Qarasam sumka yog'ochdan qilingan. Bunisini o'zim ham endi birinchi marta ko'rishim edi. Hayron bo'ldim. Yog'ochdan tayyorlangani shundoq ko'rinib turardi. Ushlagichi esa temirdan. Hayolimga buni hozir sotib yuborsam, ertaga sumka qo'lidan tushib ketib, sinib qolsa yana qaytarib olib kelishlarini va muammo chiqishini o'ylab, ularni bu sumkani sotib olish fikridan qaytarmoqchi bo'ldim. Sumkaning salbiy taraflarini aytib, teridan tayyorlangan qimmatroq mahsulotlarni taklif qila boshladim. Ular meni tinglaganlaridan so'ng, yana o'sha birinchi yoqtirgan, matodan tayyorlangan, kattaroq sumkani olishlarini aytishdi. Ichkaridan vitrinaga qo'yilmagan, hali plastik qoplamasi ochilmagan, yangi donasini olib chiqib, kassaga keldim. Plastikni olib tashlab, sumkani ochdimu... hayratdan qotib qoldim. Ne ko'z bilan ko'rayki u mato sumka emas, joynamoz edi...
      Budilnikni chala uyqu bilan o'chirganim esimga tushib, darhol uyg'onib ketdim. Soatga qarasam bomdod vaqti o'tib ketishiga oz qolgan ekan...

Комментариев нет:

Отправить комментарий