вторник, 30 июля 2019 г.

Dubayda Family Visa olish qanday amalga oshiriladi?



         Agar siz Dubayda oilaviy yashashga qaror qilgan bo'lsangiz va hammasini nimadan boshlashga va qanday hujjatlar tayyorlashga boshingiz qotgan bo'lsa, ushbu post biroz bo'lsada sizga yordam beradi degan umiddaman.

         Endilikda oilaviy visa olish oldingiga nisbatan biroz soddaroq va hamma bosqich biror bir AMER xizmatlari markazida amalga oshirilsa boladi. Odatda imigratsiya idorasiga borish shart emas, faqatgina ba’zi holatlardan tashqari. Agar sizga yuborilgan smsda bu haqda aytilgan bo’lsa, ya’ni qaysidir hujjatni qayta yuklash yoki kiritish talab qilinsagina.

Quyidagi hujjatlarni olib, o’zingizga eng yaqin AMER xizmatlari markaziga boring:
  •          Avvalo o’z nomingizda uy-joy bo’lishi yoki ijara shartnomasi (EJARI)  tuzilgan bo’lishi kerak; (Agar Dubaydan tashqarida yashasangiz Munitsipal idora tomonidan tasdiqlangan ijara shartnomasi)
  •          Nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma O’zbekistonda notarius orqali arab tiliga tarjima qilinib, tasdiqlanib, TIV konsullik boshqarmasi pechati  va BAA ning O’zbekistondagi elchixonasidan sticker urilgan bo’lishi kerak. Hamda Dubaydagi BAA TIV dan ham tasdiqlangan sticker olinadi;
Tasdiqlangan Nikoh Shartnomasi

  •           Sizning (bundan buyog’iga “sponsor” deyiladi) original pasportingiz va Emirates IDingiz;
  •          Ayolingiz va farzandingizning rangli pasport nusxasi;
  •          Ularning oq fonda olingan bittadan fotosurati;
  •          Farzandingiz uchun uning tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi (xuddi Nikoh guvohnomasi kabi tasdiqlangan variant);
  •          Sponsorning Mehnat shartnomasi (Labour Contract). Ushbu shartnoma www.mohre.gov.ae websaytidan yoki biror Tas’heel markazlaridan olinishi mumkin;
  •          Original Salary Certificate (Free Zone/Semi-Government va Government ishchilari uchun)
  •          Sponsorning IBAN raqami

Yuqoridagi hujjatlar bilan rafiqangiz va farzandingizga ENTRY PERMIT olganingizdan (shaxsiy e-mailingizga yuboriladi) so’ng ular BAA hududiga 60 kun ichida kirish huquqiga ega bo’lishadi. Yetib kelganlaridan so’ng, yana 60 kun ichida tibbiy ko’rikdan (Medical Check) o’tishlari, EMIRATES IDga biometrik ma’lumotlar topshirishlari va VISA ni pasportga urdirishlari kerak bo’ladi. Medical va Emirates ID ga biror Typing Centre’da yoki AMER xizmatlar markazida formalarni to’ldirsa bo’ladi.

Agar siz sponsorlik qilmoqchi bo’lgan oila a’zolaringiz BAA da Visit, Tourist yoki Bekor qilingan visa statusida bo’lsa, unda yuqorida aytilgan ENTRY PERMIT uchun to’lov ancha yuqori bo’ladi va u olinganidan so’ng STATUS CHANGE qilinishi shart va unga ham alohida to’lov (hozirda AED 640) to’lanadi.

Albatta yuqorida yozilgan ma’lumotlar hozirgi kun talabi bo’yicha va hamma hujjatlari joyida shaxslar uchun J   

Комментариев нет:

Отправить комментарий