<-Boshi. Davomi: Maysur tomon
avtobusda ketmoqdaman. Tezroq yetib borishni, universitetim joylashgan, o’zim
kelasi uch yil davomida yashaydigan shaharni tezroq ko’rgim kelardi…
Narsalarimni avtobus yukxonasiga qo’yganim uchun aynan o’shani ro’parasiga
o’tirdim, oynadan qarab ketishga (kim biladi deysiz, hali hindlarni
qanaqaligini bilmasam, “egalari” chiqib qolmasin dedimda J). Xullas oynadan tashqarini tomosha
qilib borardim: kilometrlarga cho’zilgan palma va kakos yong’og’i o’rmonlari,
ular orasida har-har zamonda Mc Donald’s, KFC, Café Day restoranlari ko’zga
tashlanardi. O’nlab qishloqlar va kichik shaharchalar bilan birga, ba’zan
ko’zlarim harobaga aylangan mahallalarga, yashashni tasavvur qilib bo’lmaydigan
kulbalarga tushardi. Daxshat! Qayerga ketyapman o’zi ???
Uch soatlik yo’ldan so’ng nihoyat Mysore shahriga kirib keldik...
Yana, yana, yana kutvoladigan odam yo’q… Bangalorda aytishgandi, O’rta
Osiyolik talabalar kutib oladi deb… 10-15 daqiqalar joyimdan jilmasdan kutdim.
Kutvoluvchilardan darak bo’lmagach, avtovokzalni 2-3 marta aylanib chiqdim.
Ko’chadagi telefon apparatidan janob Gopal bergan raqamga qo’ng’iroq qildim. Bir
qiz oldi. O’zimni tanishtirganimdan so’ng u menga hech qayerga jilmasligimni,
Jamshid ismli tojikistonlik bola meni kutvolishga ketganini aytdi. Birozdan
so’ng u yetib keldi. Uniyam doimgidek o’zim kutib oldim. Vey
yurtdan uzoqdaligingizda ko’zingizga ko’pchilik o’zbekka o’xshab ko'rinarkan J U ham xuddi o’zbekka o’xshardi. U
meni ko’rdi-yu:”Hindistonning ikkinchi eng toza shahriga xush kelibsan”- dedi ruschalab.
Xursand bo’ldim, chunki bu Hindistonda katta ahamiyatga ega J … (Keyinchalik Hindistonning ko’plab
shtatlarida, shaharlarida bo’ldim. Maysur boshqacha shahar. Bunga keyingi sahifalarda albatta batafsil to’xtalaman)
 |
| Mysore Avtovokzali |
Boshimga tushgan “qaro kunlar” endi boshlandi… O’sha bittagina bo’lgan o’zbek
qiz ham aynan men kelgan kunim O’zbekistonga qaytibdi. Jamshid meni
boshqa bir tojikistonlik Abdulloh deganning uyiga olib bordi. O’sha yerda menga uy
topilguncha turadigan bo’ldim. Hali narsalarimni joylamasimdan ular meni bir
qo’shnisinikiga olib chiqishdi. Ixchamgina qurilgan ajoyib uy. O’sha uyning
birinchi qavatida uchta maxsus ijara uchun alohida-alohida qurilgan xonalar bor
edi. Ulardan birini menga gaplashib berishdi.
O’sha kunni o’zidayoq ba’zi narsalarni
sotvoldik. Tunga yaqin o’zimni juda yomon xis qila boshladim. Ishtaha yo’q.
Xuddi butun dunyodan ajrab qolgandekman. Atrofimda hech kimni tanimayman. Hech
kim o’zbekcha gapirmaydi. Uydagilarga telefon qilib yetib kelganimni aytib
qo’yishim kerak edi. Mobile Agent orqali dadamning qo’l telefoniga sms
yubordim. O’sha tojikistonlik bolaning nomerini yuborib qo’ng’iroq qilishligini
yozdim (o’zim ba’zi hujjatlarim tayyor bo’lmaguncha nomer sotib ololmaskanman).
Birozdan so’ng dadam telefon qildi. Avvaliga yaxshi ohangda gapirdim-u, ozgina
muddat unim chiqmay qoldi. Nimadir bo’g’zimga tiqilib qolgandek bo’lardi –
ortiq gapira olmayman. Dadam holatimni tushundi-yu, endi hammasiga chidab
o’qishimni, menga hammalari ishonishini, boshida hamma joyda ham qiyinchiliklar
bo’lishini, bir-ikki oyda barchasiga ko’nikib ketishimni, o’zi Qora Dengizda armiyada
uch yil yolg’iz o’zbek bo’lib xizmat qilganligini aytdi. Eng alam qiladigani - men buyoqda jimib qolganim sari Abdulloh baland ovozda ustimdan kulardi.
O’zimni g’alati muhitga tushib qolgandek sezdim. Dadam bilan gaplashib
bo’lganimdan so’ng u menga “nasihat”lar qilardi:”O’zing tanlagansan, kim senga
buncha uzoqni tanla dedi? Do’stlaring bor joyga borgin edi. Ha mayli, ko’nikib
ketarsan, Gulruh kelsa ancha yordam beradi senga…”. Har bir gapi ichimni
tirnardi…
Ertasiga yana do’kondan uyimga u-bu narsalar sotib oldik va o’sha kuniyoq meni
ko’chirib olib chiqib qo’ydi. Yolg’iz o’zim, ikkinchi kunning o’zidan alohida
yashay boshladim. Jamshid vaqti bo’lganda kelib muammolarimni yechishga,
hujjatlarimni rasmiylashtirishda yordam berardi. Orada universitetga bordik.
 |
| Mysore Universiteti |
Ro’yhatdan o’tishning so’nggi kuni ekan. Biz ertalab
borgandik tushlikdan so’ng kelishimizni aytishdi. Jamshidni ishi bor ekan,
Abdullohga olib borib kelishini aytishimni ta’kidladi. Tushlikdan so’ng
Abdullohga iltimos qildim, ko’nmadi. Unda telefon qilib berishini so’radim. "Pul
ketadi",- dedi. O’sha pulni berishimni aytsam, avval to’lashimni aytdi. Shokka tushdim. Nahotki shu bir marta telefon qilib aytib qo’yishga pastlik
qilsa?! Xullas u desam bu dedi, bu desam u. O’sha kuni borolmadim. Ertasiga ertalab
Jamshid keldi. Hammasini aytdim. Biroz kuldi:”Ehhh shunchalikkayam boradimi?”-
dedi u. Kollejga yana birga bordik. Kechagi kuni ro’yxatdan o'tish allaqachon tugatilgan edi. Jamshid ICCR tashkilotiga telefon qilib hammasini hal qilib berdi. So’ng uyimga tashladi-yu, ketdi. Darvozadan
kirishim bilan bo’lgan voqealarni eslab, universitetning butun bakalavriat
kursida mendan boshqa o’zbek yo’qligini, bundan buyog’iga balkim bir yilgacha
yolg’iz yashashligimni o’ylab ho’rsinib ko’zimdan yosh chiqib ketdi. Uy egasi
holatimni ko’rib orqamdan xonamga kirdi. Nima muammoyim bo’lsa aytishimni, bular
doimo yordamga tayyor ekanligini, har qanday vaziyatda telefon qilishim mumkinligini
aytib tinchlantirgandek bo’ldi.
Baxtimga bakalavriat kursida Qozog’istondan talabalar bor ekan. Yana uchta
yangi kelgan. Xullas, ular bilan birga-birga o’qishni boshlab ham oldik.