<-Boshi. Davomi: New Delhi aeroportining mahalliy terminalidan uchgan reys bilan
Bangalorga, o’sha mening universitetim joylashgan shtat markaziga ketyapman.
Samolyot saloni judayam sovuq edi. Qani endi uxlab qolsam-u, mana shu sovuqni
sezmasam. Ikki yarim soatlik parvozdan so’ng Bangalor xalqaro aeroportiga
qo’ndik. Tashqari ham Delhiga nisbatan ancha sovuq edi. Yuklarimni olib
terminaldan chiqishim bilan bir kishi to’g’ri men tomon shahdam qadamlar bilan keldida, shartda
qo’limdan tortib:”Ketdik” – dedi. O’zini tanishtirmagan, “tomdan tushgan” bu
kimsa noan’anaviy tarzda kutib oldi. Biroz orqaga tisarildim:”Kimsiz?”.
“O’zbekistonlikmisan? ICCR talabasi, to’g’rimi? Namuncha qo’rqasan? Senga
o’xshaganlardan yuztasini kutvolaman yiliga…”. Yengil tortib u kishiga
ergashdim. Yarim tunda kelganim bois mehmonxonaga emas, to’gri ICCR idorasiga
olib bordi. Qabulxonadagi divanni ko’rsatib, ertalabgacha shu yerda
dam olishimni aytdi. Ana bo’lmasam, bir kamim endi idorada uxlashim qolgandi. Katta
sochig’imdan yopinchiq, ryukzagimdan esa yostiq sifatida foydalandim. Hayolimga
ming xil fikrlar kelardi – nega keldim o’zi? O’zimizda tinchgina o’qib yursam
nima bo’lardi?...
|
Yomg'ir mavsumida shaharning bir qismi |
8-iyul. Tong otdi. “Hammadan erta turdim” J
Qorovul kelib, nimalardir dedi, tushunmadim. Qo’l harakatlaridan nonushta qilvolishimni
ko’rsatayotgan edi. Tashqariga chiqib biroz aylandim. Yon-atrofdan yegulik
sotiladigan joy topolmagach, “xonam”ga qaytib onam bergan narsalarni yeyishga
tushdim (Delhida ham o’sha narsalardan yegandim xolos).
Birin-ketin ishchilar kela boshladi. Hammasini yaxshi kutib oldim J ICCR bosh menejeri janob Gopal choy damlab keldi. Bunaqa mazzali choyni umrimda birinchi marta ichishim
edi. Kotiba qiz bo’lsa Jak nomli ko’rinishidan anjirga o’xshash, mazasi qovunni
eslatuvchi meva berdi. O’zimni yaxshi xis qila boshladim. Men ham
O’zbekistondan olib kelgan pista-bodom, mayiz va onajonim yopgan nondan berdim.
Birozdan so’ng talabalar kela boshladi. Hamma kelganlar bilan tanishib,
gaplashib o’tirdim. Bir mahal ulardan biri menga o’zbekchada gapirib ketsa bo’ladimi. Quvonchim ichimga sig’may ketdi. Axir ikki kundan beri endi birinchi marta o’zbekchada
gaplashishim edi. Ehh bundagi quvonchni tasavvur qilish qiyin… U avg’onistonlik o’zbeklardan ekan. O’zbekchasi biroz “eski” bo’lsada bemalol gaplashardi. Orada
janob Gopal men boradigan Maysur shahriga telefon qilib qirg’izistonlik Mars ismli
bola bilan gaplashtirdi. U menga behavotir kelishimni, o’zbekistonlik bir qiz
borligini, ruschada gaplashuvchilar esa judayam ko’pligini, hamma bir-biriga
yordam berishini ta’kidladi. Endi ko’nglim tinchlana boshladi…
|
ITPL International Technology Park Limited
|
|
Bangalore Saroyi (Guttahalli deb ham ataladi) |
Tushlikka yaqin meni aeroportda kutib olgan shaxs yana mashinasida avtovokzalga
olib bordi. Shahar juda katta, Delhidagi ahvolni bu yerda ham ko’rish mumkin
edi. Lekin, ob-havo yomg’irlar mavsumi boshlanganligi sabab sovuqroq edi.
Havosida ham hech qanday Delhicha hid yo’q. Lekin shahardagi transportlar ko’pligi
bois biroz tutun ko’tarilgan edi. Keyinchalik bilishimga ko’ra bu shahar
Hindistonning “Ilm va texnologiya” markazi ekan. Unda ko’priklar juda ko’p
bo’lgani uchun “ko’priklar shahri” deb ham atasharkan.
Lekin bu shaharda ham odamlar Hindiston desa hayoliga keladigan manzara yo’q
emasdi. Yana xuddi o’sha tarozi – qaysidir ko’chalar judayam chiroyli, pokiza
va zamonaviy binolarga boy bo’lsa, yana qaysilaridir “maxsus trans bekatlari”ga
o’xshaydi. Har holda umumiy olib qaraganda Delhidan ancha toza va salqin shahar.
|
Ko'chalardan biri |
|
Bangalore chetidagi mahallalardan biri |
|
Mahatma Gandi ko'chasidan shaharning ko'rinishi |
|
Bangalor metrosi (tashqi ko'rinish) |
|
Shahardagi mashinalar tirbandligi
|
Shunday qilib, Bangalorni endi Maysur qanday shahar ekan degan o'y-fikrlar bilan tark etdim...
davomi->
Harrah's Resort SoCal 777 Casino Dr Las Vegas, NV 89109
ОтветитьУдалитьGet directions, reviews and information for Harrah's 광주 출장안마 Resort SoCal 777 Casino 평택 출장마사지 Dr in Las Vegas, NV. Rating: 8.1/10 · 포천 출장샵 8,951 reviews · Price range: room rates from $33 부천 출장마사지 per 전주 출장안마 night (USD) - We Price Match!