<-Boshi. Davomi: Maysur tomon
avtobusda ketmoqdaman. Tezroq yetib borishni, universitetim joylashgan, o’zim
kelasi uch yil davomida yashaydigan shaharni tezroq ko’rgim kelardi…
Narsalarimni avtobus yukxonasiga qo’yganim uchun aynan o’shani ro’parasiga o’tirdim, oynadan qarab ketishga (kim biladi deysiz, hali hindlarni qanaqaligini bilmasam, “egalari” chiqib qolmasin dedimda J). Xullas oynadan tashqarini tomosha qilib borardim: kilometrlarga cho’zilgan palma va kakos yong’og’i o’rmonlari, ular orasida har-har zamonda Mc Donald’s, KFC, Café Day restoranlari ko’zga tashlanardi. O’nlab qishloqlar va kichik shaharchalar bilan birga, ba’zan ko’zlarim harobaga aylangan mahallalarga, yashashni tasavvur qilib bo’lmaydigan kulbalarga tushardi. Daxshat! Qayerga ketyapman o’zi ???
Uch soatlik yo’ldan so’ng nihoyat Mysore shahriga kirib keldik...
Yana, yana, yana kutvoladigan odam yo’q… Bangalorda aytishgandi, O’rta Osiyolik talabalar kutib oladi deb… 10-15 daqiqalar joyimdan jilmasdan kutdim. Kutvoluvchilardan darak bo’lmagach, avtovokzalni 2-3 marta aylanib chiqdim. Ko’chadagi telefon apparatidan janob Gopal bergan raqamga qo’ng’iroq qildim. Bir qiz oldi. O’zimni tanishtirganimdan so’ng u menga hech qayerga jilmasligimni, Jamshid ismli tojikistonlik bola meni kutvolishga ketganini aytdi. Birozdan so’ng u yetib keldi. Uniyam doimgidek o’zim kutib oldim. Vey yurtdan uzoqdaligingizda ko’zingizga ko’pchilik o’zbekka o’xshab ko'rinarkan J U ham xuddi o’zbekka o’xshardi. U meni ko’rdi-yu:”Hindistonning ikkinchi eng toza shahriga xush kelibsan”- dedi ruschalab. Xursand bo’ldim, chunki bu Hindistonda katta ahamiyatga ega J … (Keyinchalik Hindistonning ko’plab shtatlarida, shaharlarida bo’ldim. Maysur boshqacha shahar. Bunga keyingi sahifalarda albatta batafsil to’xtalaman)
Boshimga tushgan “qaro kunlar” endi boshlandi… O’sha bittagina bo’lgan o’zbek qiz ham aynan men kelgan kunim O’zbekistonga qaytibdi. Jamshid meni boshqa bir tojikistonlik Abdulloh deganning uyiga olib bordi. O’sha yerda menga uy topilguncha turadigan bo’ldim. Hali narsalarimni joylamasimdan ular meni bir qo’shnisinikiga olib chiqishdi. Ixchamgina qurilgan ajoyib uy. O’sha uyning birinchi qavatida uchta maxsus ijara uchun alohida-alohida qurilgan xonalar bor edi. Ulardan birini menga gaplashib berishdi.

Mysore Avtovokzali |

Ertasiga yana do’kondan uyimga u-bu narsalar sotib oldik va o’sha kuniyoq meni
ko’chirib olib chiqib qo’ydi. Yolg’iz o’zim, ikkinchi kunning o’zidan alohida
yashay boshladim. Jamshid vaqti bo’lganda kelib muammolarimni yechishga,
hujjatlarimni rasmiylashtirishda yordam berardi. Orada universitetga bordik.
Mysore Universiteti |
Baxtimga bakalavriat kursida Qozog’istondan talabalar bor ekan. Yana uchta
yangi kelgan. Xullas, ular bilan birga-birga o’qishni boshlab ham oldik.
Davronbek blogizni o'qib, hindiston haqidagi bilimlarim bir pag'ona ko'tarildi. Barchasi live, o'z hayotizda sodir bo'lgani mani zeriktirib qo'ymadi. Postlariz jurnalistlardek e'tibor bilan yozilgan. Aeroportdagi, hind diyoriga birinchi bor qadam qo'yganizdagi hissiyotlarni anglagandek bo'ldim. Chipta olish uchun o'zingiz bilmagan shaxarda yo'l topib, uchishga oz qolganda bariga ulgurishiz, hind filmlarini eslatdi.:) Hindiston consuligida ularni bizni taomlar bilan mexmon qilganiz etiborimni tortdi. Vatanizdan olib kelgan taomlar o'sha lag'zada juda mazali tuyilib ketganiga hech ham shubxa qilmayman. Unwersiteda o'zbekisondan faqat o'zing bo'lishing qiyin albatda. Barcha qiyinchiliklarni yengib o'tib, Bizga aytib berishizdan barchasiga ancha ko'nikib qolgandursiz.
ОтветитьУдалитьUnwersitet hayoti haqidagi keyingi postlarizni kutib qolaman.
P/s: O'qishlaringizga muofaqiyat! Hindiston haqida bilganlirzni biz bilan o'rtoqlashishni davom ettiravering!
Tilaklar uchun rahmat kattakon. Ha aytganizdek, hozir ancha ko'nikib ketganmiz :) Albatta, yetkazishga harakat qilaman. e'tibor uchun ham rahmat!
Удалитьtanish holatlar..... blogga gap yoq. davom etavering.....
ОтветитьУдалитьRahmat kattakon!
Удалитьuka gap y6 z6r qissa yozibsan, maza qilib 6qidim, havas qildim,
ОтветитьУдалитьRahmat, mashnaqa qilib o'qishniyam boshlavolganmizda aka :)
УдалитьQoyil Davron, barakalla. Rostanam hayotiy voqea baribir hayotiyda. Boshlagan edim o`qiyman dib, tugatmasdan ketolmadim. Darsimga kechga qoldim, tez-tez darslaga kechga qolishga majbur qiling endi buyog`iga)))
ОтветитьУдалитьRahmat akam. Harakat qilaman darsga kech qolishizga. xudo xohlasa :))
Удалитьuka malades
ОтветитьУдалитьJudayam zo'r yozilgan. Mazza qilib o'qidi odam. Boshqa shtatlarga qilgan sayohatingiz haqida ham yozilganmi? Masalan, Goa va Mumbay haqida?
ОтветитьУдалить